O„tgan asrning ikkinchi yarmi va bugungi kungacha tilshunoslik fanida sezilarli o„zgarish yuz berdi. Tilshunoslikda bir qancha ilmiy fan sohalari paydo bo„ldi, lingvistik pragmatikani o„z ichiga olgan kommunikativ tilshunoslik shular jumlasidandir. Lisoniy faoliyat keng miqyosda, turli omillarga bog„liq holda o„rganila boshlandi.