XX asr tarix mulkiga aylanib bо`ldi. Endi о`tmish о`z xulosalari bilan ertangi kunning qanday bо`lishiga xizmat qiladi. Adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Ulug`bek Hamdam ta’biri bilan aytganda, «Bugun va ertaning ildizlari hamisha aynan Kechaning bag`rida qoimdir». Ertangi kunning qandayligi kechaga bog`liq ekan, tabiiyki, о`tmishga xolis kо`z bilan boqish, uning qanday kechganini, xususan, adabiyotdagi ifodasini izchillik bilan о`rganish alohida ahamiyat kasb etadi.