Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko’ra rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi uchun kundalik 400 gramm ya’ni yiliga o’rtacha 145 kg meva va sabzavot mahsulotlarini iste’mol qilish me’yori sifatida belgilangan. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari aholi jon boshiga qariyb 300 kg sabzavot, 75 kg kartoshka va 44 kg uzumni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko’pdir. O’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish salohiyati yuqori o’rinlardan birini egallaydi.