Bugungi kunda dunyo bozorida raqobat shu darajada shafqatsiz tus olmoqdaki, unda mustahkam o’rin egallash oson emas. Mayli, eng yuksak texnologiyani yurtimizga olib kelib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqardik ham deylik. Lekin ularni ertaga qaerda sotamiz? Jahon bozorida bizni hech kim, keling, marhamat, deb kutib olmaydi. Bu bozor to’liq bo’lib olingan, unda bo’sh joyning o’zi yo’q. Ammo biz bu bozorda o’zimizga xos va o’zimizga mos o’rin egallab, shuning hisobidan mahsulot sotib, valyuta ishlashimiz zarur.