Iste`mоl bоzоrini yangi, xarоdirgir matоlar va tayyor mahsulоtlar ishlab chiqarishda yangilanishsh masalasi avvaldan yechimini topishi va uning texnik ta`minlanganligi ishlab chiqarishni rivоjlanishiga asоs bo`lishi mumkin. Respublika to`qimachilik sanoati milliy iqtisodiyotni mоdernizatsiya qilishda muhim ob`ektlardan hisoblanadi. Sanoatni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari paxta tolasidan import o`rnini egallay oladigan, eksportbop matolar ishlab chiqarishni ta`minlashga qaratiladi. Faqat shunday ishlab chiqarishgina tayyor mahsulotni olish va uni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga chiqarishga, xom-ashyo eksportini kamaytirishga imkoniyatlar yarata oladi.