Dissertatsiya ishida tola tozalash jarayonidagi nuqsonlarni kamaytirish chiqayotgan tolalarni sifatini oshirish uchun tolani tarash usulida tozalash texnologiyasi tadqiq qilindi va qurilmasi yaratildi. Yangi qurilma ishlashi nazariy va amaliy tadqiqotlar orqali taxlilqilindi. Mavjud konstruksiyalarning taxlili yangi ishchi organlar ishlab chiqish, konstruksiyani soddalashtirish va ularning ishonchliligini oshirish lozimligini kursatdi. Tadqiqotning vazifasi va maqsadi nazariy va amaliy izlanishlar utkazish orqali tola tozalashni samaradorligini oshirish, tola tarkibidagi nuqsonlarni kamaytirish imkoniyatiga ega qurilmani yaratishdan iborat.