Hozirgi kunda ma`lumotlar ombori haqida tez-tez gapirilmoqda. Kompyuterlar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismini tashkil qiladi, shu sababli quyidagiga o’xshash iboralarni ko’p eshitish mumkin «Men yozuvlaringni ma`lumotlar omboridan qidirib ko’raman». Bu erda hujjatlar saqlanadigan katta qutilar emas, balki ma`lumotlarni tezkor qidirishga mo’ljallangan kompyuter tizimlari nazarda tutiladi.