O`zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O`zbekistonni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish» mavzusidagi ma’ruzasida xalqimizning dolzarb muammolari aniqlab berildi. «Jahonda moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha birinchi navbatda ishlab-chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo`lga qo`yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan maxsulotlarga ichki talabni rag`batlantirish masalalarini alohida o`rin tutadi.