Xozirgi vaktda iqtisodiyotimizning rivojlantirishni asosiy omillaridan biri kishlok xujaligi, sanoat va axolini suv bilan ta’minlash muammosidir. Respublikamizda xozirgi va kelgusidagi isloxotlarni amalga oshirishda suv xujaligiga talab oshib boradi. Bu soxada faoliyat kursatayotgan suv xujaliklari, suv omborlari Respublikamizda eng keng tarqalgan korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalar deyarli xar bir shaxar va tumanlarda bor bo`lib, salmoqli o`rin tutadi. Xozirgi vaqtda sanoatimizdagi asosiy dolzarb muammolardan biri Respublikamizda ishlab chikarilayotgan maxsulot birligiga sarflanayotgan elektr energiyasini kamaytirish xisoblanadi. Respublikamizning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo`naltirilgan tarkibiy o`zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2013 yildagi asosiy ustuvor yo`nalish sifatida davom ettirishni taqozo etmoqda