Dasturlashtirishga oid universal – maktab o`quvchisidan aspirantgacha, muhandisdan hisobchigacha ma`qul bo`ladigan kitob yaratish mushkul. Shuni nazarda tutib, komp’yuter grafikasi bilan ishboshlovchilar uchun yetarli ma`lumotlarni o`z ichiga olgan ushbu o`quv qo`llanma yuqorida aytilgan ehtiyojni ma`lum darajada qondiradi.
Tajriba shuni ko`rsatadiki, komp’yuter grafikasi bilan ishlashni o`rganishni boshlagan foydalanuvchilar ShEHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o`z bilimlarini mustaqil chuqurlashtira olmaydilar.
Komp’yuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarining matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to`g’risidagi fan sifatida aniqlash mumkin.