Mazkur uslubiy qo’llanma “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari”
fanining laboratoriya ishlarini bajarishga mo’ljallangan bo’lib, bunda
tuproqlarning fizikaviy, kimyoviy xususiyatlarini aniqlash va laboratoriyada
tahlil qilish usullari yoritilgan. Ushbu uslubiy qo’llanma 5410700 – Yer tuzish
va yer kadastri, 5111000 – Kasbiy ta’lim (suv xo’jaligi va melioratsiya),
5450200 – Suv xo’jaligi va melioratsiya bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida
tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan.