Serquyosh O’zbekistonimizda paxta va g’alla kabi muhim qishloq xo’jaligi ekinlari bilan bir qatorda, meva – sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida ham ishlab chiqarish hajmi o’smoqda. Hukumatimiz tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasida qayta ishlash tarmoqlari va bozorlarimizni sut, go’sht, kartoshka, sabzavot kabi oziq – ovqat hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan to’ldirish borasida mustahkam xom ashyo bazasi yaratilmoqda