Bugungi musiqa ta`limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Musiqa o`qitish jarayoni – bu o`qituvchi va o`quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi o`zaro harakati bo`lib, bu jarayonda musiqa ta`limi, tarbiyasi va shaxsning musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi.