Xorazm vohasida yashovchi xalqlar tarixi hamda tarixini bayon etish masalalari o’rganish birinchi navbatda, O’rta Osiyo ushbu mintaqa tarixining alohida madaniyatga egaligi nilan bog’liqdir.Aynan mana shu mintaqada o’rta osiyoning boshqa hududlariga nisbatan ko’plab asrlar avvalroq ilk madaniyat manzilgohlari vujudga kelgan hisoblanadi.Xorazm vohasi va unga yondosh hududlarda yashagan hamda yashayotgan xalqlarning tarixi, arxeologiyasini tadqiq etish bugngi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.