Ishlab chiqarish talablariga javob bera oladigan muxandislarni tayyorlashda, ularning detallar eskizlarini bajara olish va ish chizmalarini tayyorlay olishlari, hamda buyum yig’ish chizmalarini o’qiy olish qobiliyatiga ega bo’lishlari asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu ishni amalga oshirishda “Chizma geometriya, muhandislik va komputer grafikasi” fani asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu fanni o’zlashtirishning yakuniy bosqichi bo’lib talabalar tomonidan tayyor buyumlarning spetsifikasiyalari va yig’ish chizmalari, hamda detallarning eskizlari va ish chizmalarini bajara olishlari hisoblanadi.gg