Biz yurtimizning ertangi rivoji yо`lida qanday chuqur о`ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha kо`p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, rо`yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bо`lsa, yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun ma’suliyatini о`z zimmasiga olishga qodir bо`lgan yutuk mutaxassis yoshlarimizdir .
Transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va temir yо`llarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2007-2010 yillarda umumiy foydalanishda bо`lgan avtomobil yо`llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalari о`rtasida yil davomida ishonchli transport aloqasini ta’minlamoqda.
О`zbekistonda keyingi yillarda xalq xо`jaligi tizimida transportni boshqarish ahamiyati va roli keskin oshdi. Bu о`z navbatida transport tizimining zamonaviy talablariga mos ravishda rivojlantirishni va transport aloqalarini takomillashtirishni talab etmoqda.