Insonning bilish faoliyatida xayol, tafakkur, nutq va boshqa muhim psixik jarayonlar muhim o`rin egallaydi. Xar qanday aqliy faoliyat bilishga, tajribaga va ijodiy tafakkurga asoslanadi. Tafakkurning muhim operatsiyalari analiz va sintez, umumlashtirish va mavxumlashtirish bo`lib, har qanday aqliy faoliyatida o`zaro bog`lanib keladi.