Diplom loyiha ishini umumiy qismida kuzovlarni texnik holatini qisqacha tavsifi, diplom loyiha ishi mavzusini asoslash berilgan. Hisob-texnologik qismida yillik ishlab chiqarish dasturi, ish hajmi, ishlab chiqarish ishchilar soni, ustaxona uchun texnologik jihozlar tanlash, ustaxona maydonini hisobi keltirilgan. Tashkiliy qismida avtomobillarni kuzovini ta’mirlash ustaxonasidagi ishlarni tashkil etish, avtomobillar kuzoviga TXK va ta’mirlash ishlari texnologiyasi bayon etilgan, texnologik xarita tuzilgan va texnologik jihozni vazifasi, tuzilishi, ishlash tamoyili va hisobi berilgan. Iqtisodiy qismida ustaxonani texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblangan.