O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida ta`kidlab o`tilganidek, “dunyo shiddat bilan o`zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo`lgan, yot va buzg`unchi g`oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo`llar bilan singdirishiga qaratilgan urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun kurash ketayotgan bir sharoitda, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatgacha bo`lgan yoshdagi farzandlarimizni tarbiyalash va ularning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish borasidagi ishlarimizning roli va o`rni tobora ortib bormoqda” .