Ushbu bitiruv malakaviy ishi MS Outlook dasturi uchun elektron pochta xabarlarini tahlil qiladigan dasturiy ustqurma (modul) yaratishga bag’ishlangan bo’lib, unda elektron pochta haqida tushuncha, pochta serverini sozlash, MS-Outlook dasturi va MS-Outlook uchun ustqurma yaratish imkonini beradigan VBA dasturlash tili va muhiti haqida so’z boradi. Shuningdek elektron pochta xabarlarini tahlil qiluvchi dasturiy modulining tuzilishi va algoritmlari keltirilgan.