O`zbekiston Respublikasi dexqonchiligida keyingi vaqtlarda, yildan-yilga, qishloq
xo`jaligi ekinlarni sug`orishda foydalaniladigan tabiiy daryo suvlari kamayishi
kuzatilmoqda. Bu o`z navbatida qish va bahorning quruq kelishi, g`o`za va boshqa qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish maqsadida yangi yer maydonlarining o`zlashtirilishi kabi ko`plab omillarga bog`liqdir. Qishloq xo`jaligidagi bunday holat qo`shimcha suv zaxiralarini izlab topishni ta`qoza qilmoqda. Bunday suv zaxiralaridan biri – tuproq sho`rini yuvishda va texnik ekinlarni sug`orishda ishlatilishi mumkin bo`lgan tabiiy suv zaxiralarini tejash imkoniyatlarini yaratuvchi texnolo`giyalardan foydalanishdir. Tabiiy oqova suvi tanqisligi davrida bunday subirrigatsion jarayonlardan foydalanish tanqis ta`biiy daryo suvlaridan samarali foydalanib tuproq sho`rini yuvish yoki ayrim texnik ekinlarni sug`orishda ishlatish xalq xo`jaligida katta a`hamiyat kasb etadi.