Hasharotlarning termitlar turkumiga mansub vakillari tabiatda juda keng tarqalgan bo`lib, ular tuproq bilan bog`liq bo`lgan har xil ekologik muhitlarda jamoa hosil qilib hayot kechiradi. hozirgi davrda termitlarning 3000 dan ortiq turi mahlum bo`lib, ulardan 120 turi zararkunanda sifatida qayd qilingan. umuman termitlar issiqsevar hasharotlardir. turkumning shimoliy va janubiy tarqalish areal chegarasi taxminan o`rtacha yillik + 100 izotermaga to`g`ri keladi. shu munosabat bilan termitlarni ko`pincha tropik hasharotlar deb yuritiladi.