O`simlik oqsili ishlab chiqarishni ko`paytirish – qishloq xo`jaligining eng dolzarb muammolaridan biridir. bu muammoni hal qilishning asosiy echimlaridan biri dukkakli don ekinlari etishtirishni jadal ko`paytirishdir. bu ekinlarning orasida oqsilining miqdori va sifatining yaxshiligi bilan soya o`simligi alohida ajralib turadi. dondagi yuqori sifatli oqsili va yog`i, oziq-ovqat, em-xashak, texnik va tibbiyot sohalarida keng qo`llanishi bois soya ko`p mamlakatlarning milliy oziq-ovqat dasturlarida salmoqli ahamiyatga ega.