Jelatin moddasi – kollagenni qayta ishlash mahsulotidir. Kollagen - tabiatda keng tarqalgan oqsil modda bo`lib, umurtqaning biriktiruvchi to`qimalarining asosiy tashkil etuvchi qismini, ayniqsa teri, suyak va paylarda katta miqdorda mavjud. Kollagen sekin qizdirilganda polipeptid bog`lar parchalanadi. Bu mahsulot jelatin deb nomlanadi.