Tadqiqotning asosiy maqsadi yangi shakl va mazmun jihatdan boyib borayotgan badiiy adabiyotdagi o`zgarishlarni ko`rsatib berish orqali, janr taraqqiyotidagi poetik talqin xususiyatini Tohir Malikning romani misolida asoslash asosiy vazifalarimizdan biridir. Shu jihatdan yozuvchining “Shaytanat” romanidagi obrazlar tizimini, poetik xususiyatlarini o`rganish jarayonida quyidagi vazifalarni yuzaga chiqarishni asosiy maqsad qilib oldik.