XXI asr bo`sag`asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy O`zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo`ldi. 1991-yil 31-avgust kuni bo`lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o`zbek xalqining xohish-irodasi bilan O`zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e`lon qilindi.