Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani ijtimoiy – falsafiy ruhdagi romandir. Chunki yozuvchi o`zining bu asarida mustabid tuzum mohiyatini ya’ni, o`sha davrning haqiqiy qiyofasini, unga olib keluvchi yo`llarni, uning ayanchli asoratlarini bir xalq timsoli tarzida o`rganish, badiiy talqin qilish tarzida falsafiy fikr yuritadi.