Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug` ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O`zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog`liqdir.