Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Volga bo’ylaridan to Sirdaryo shimoligacha bo’lgan xududlarni o’z ichiga olar edi. Oltin O’rdaning Jo’chi va SHaybon uluslari o’ramida istiqomat qiluvchi turk va turk-mo’g’ul qabilalari XV asr fors tilida bitilgan manbalarda (Nizomuddin SHomiy, Muiniddin Natanziy, SHarafuddin YAli YAzdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond va boshqalarning asarlarida) “o’zbek” degan umumiy nom bilan atalganlar.