Atmosfera so`zi yunoncha tildan olingan bo`lib (“atmos” - bug`, sfera - qobiq, shar) ya`ni havo qobig`i degan ma`noni anglatib, biosferada hayot mavjudligini ta`minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera yerni gazli qismi bo’lib, u yerni huddi qobiqqa yoki obalochkaga o’xshab o’rab turadi.U deyarli barcha gazlarnu aralashmasidan tashkil topgan.Shuning uchun ham bu havo deyishadi. Uning asosisni azot va kislorod tashkil etib, uning miqdoriy ko’rsatkichi 4:1ga teng.Insonga faqat pastki qismi ta’sir ko’rsatib, uning uzoqligi 15 – 20 km hisoblanadi.Chunki bu qismida havoning asosiy qismi kiradi. Atmosferani o’rganadigan fan meteorologiya hisoblanib, lekin u nafaqat atmosferani balki, ob-havoni ham o’rganadi. Atmosferaning yuqorigi qatlamlari 60dan 300 hattoki 1000 kmga ham yetadi.