Musiqa ijrochiligidan ta`lim berish o`qituvchidan turli bilim, ko`nikma va qobiliyat talab etadiganishdir. O`qituvchi uchun faqat sozanda bo`lishning o`zi etarli bo`lmay, undan pedagogic fikrlash, o`quvchining ichki dunyosiga ko`ra bilish, uning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi sifatlarga ega bo`lish ham talab etiladi.Cholg`u ijrochiligidan ta`lim beradigan o`qituvchi umumiy pedagogika va psixologiya sohalaridan ham xabardor bo`lishi kerak.