Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishdan asosiy maqsad maktab o’quvchilarini ongli ravishda kasb egallashlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, bu jarayon o’quvchining bo’lg’usi kasb faoliyati egasi sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib o’z imkoniyatlariga mos kasbga moslashuviga ko’maklashadi.
Asosiy e’tibor mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining xususiyatlari tahlili asosida tashkiliy pedagogik jixatlarini o’rganish, mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash, umumiy o’rta ta’lim jarayonida ko’zda tutilgan ishlar mazmunini takomillashtirish vazifalarini hal qilish ko’zda tutilgan.