Bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston shaharlari toponimikasi viloyatlar kesimida yoritilgan. Ma`lumki, toponimika yunoncha “topos” – “joy” va “onoma (yoki onima)” – “nom” so`zlaridan tarkib topgan bo`lib, shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko`llar, tog`lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o`rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. Ushbu Bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston shaharlari toponimikasi tarixiy ma’lumollar orqali ochib berishga xarakat qilingan.