Sug`urta terminologiyasi yordamida sug`urtalovchi va sug`urtalanuvchilar o`rtasida bir tilda suhbat olib borish, sug`urta shartlarini tushunish, unda ishtirok etayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash, sheriklar bilan amaliy munosabatlarni olib borish, reklama va boshqa sug`urta ishlarini amalga oshirish mumkin bo`ladi.