Universitetlarning geografiya yo`nalishi bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar va yosh tadqiqotchilar foydalanishi mumkin bo`lgan ushbu o`quv qo`llanmada tabiiy geografiyaning o`rganish obyekti, predmeti va ularning xususiyatidan kelib chiqqan holda fanning tarmoqlanishi ilmiy tahlil qilingan. Hozirgi zamon landshaftshunosligiga oid bo`lgan landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, rivojlanishi, maxsus faoliyati, barqarorligi, shuningdek, antropogen hamda amaliy landshaftshunoslik masalalariga taalluqli mavzular bayon etilgan