Geografiya qariyb yigirma ikki asrlik uzoq va murakkab tarixga ega bo’lgan qadimgi fanlardan biridir. U jamiyatda doimo bir necha vazifalarni bajarib kelgan. Geografik bilimlar umumiy ta’limning asoslaridan birini tashkil qilishi bilan bir vaqtda insonning haqiqiy ilmiy dunyoqarashining shakllanishi uchun muhimdir. Geografiya bugungi kun fani sifatida rivojlanishning tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, jamiyatning turli sostial-iqtisodiy vazifalarni to’g`ri hal etishida ahamiyati katta.