Ma’lumki XX asrning oxiri XXI asrning boshiga kelib ekologiya, bioxilma-xillikni saqlab qolish bilan aloqador masalalar sayyoraviy ahmiyatga molik bo`lgan darajaga ko`tarildi. Mazkur masalalarni ilmiy asosida to`g`ri hal etishda insoniyatning ekologik ongi saviyasi va madaniyatini yuksaltirish juda muhim va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalardan sanaladi. Xalq xo`jaligining barcha sohalarida tabiiy ne’matlardan oqilona foydalanish, tabiiy kompleklarga zarar etkazmasdan faoliyat yuritish, o`simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishni shakllantirish ekologik dolzarb masalalarni hal etishda juda muhim sanaladi. Barcha davlatlarda, jumladan O`zbekistonda keyinggi yillarda tabiiy manbalarga nisbatan insonning xo`jalik faoliyatining ta’siri tobora ortib bormoqda. Bunday faoliyat ayniqsa dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay bo`lgan joylarni o`zlashtirish orqali bunday joylarning fauna va florasini tubdan o`zgarishiga sabab bo`lmoqda.