Avtomobilsozlikda bosim bilan ishlash texnologiyasi amaliy muhandislik fani bo`lib, uning vazifasi metallarni bosim bilan ishlash jarayonlarini ratsional qurish va tahlil qilishning umumiy printsipial asoslarini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda metallarga bosim bilan ishlov berish faqat xomaki mahsulot, ko`pincha talab qilingan shakldagi tayyor detallar ham olishni ta’minlash emas, balki metallda sifat o`zgarishlarini ham keltirib chiqarishini hisobga olish lozim.