"Ubuntu 11.10"ni o`rnatishga qaror qilgan bo`lsangiz, quyida ko`rsatilgan bosqichlarni bosib o`tishga to`g`ri keladi. Shunday qilib o`rnatish jarayoniga o`tamiz:1. Eng birinchi oldimizda turgan muammolardan biri qattiq disk (vinchester)da bo`sh joy hosil qilish kerak. Agar Ubuntu linuxni hech qanday tizim o`rnatilmagan toza diskka o`rnatmoqchi bo`lsangiz bu jarayonni bosib o`tishning ahamiyati yo`q. "Ubuntu"da "gparted" dasturi orqali disk qismlariga ajratish mumkin, lekin kompyuteringizda "Windows" operatsion tizimi o`rnatilgan bo`lsa,unda "Windows"da ishlaydigan dasturlardan foydalangan ma`qul. Bo`sh joy hosil qilganingizdan so`ng, ushbu manzildan "Ubuntu obraz"laridan keraklisini tanlab, kompyuteringizga yuklab olasiz. Yozib olish jarayoni tugagandan so`ng, o`sha obrazni diskka yozishingiz yoki usb fleshga yuklanuvchi sifatida o`rnatishingiz kerak bo`ladi.