C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo`ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo`ladi. Keyingi bosqichda programma matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bo`lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig`uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl programma hosil bo`ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang`ich matn faylining nomi bilan bir xil bo`ladi.