Namangan viloyatida 450 dan ortiq katta va kichik qishloq aholi punktlari bor. Ularning tarixiy shakllanishi, tabiati, demografik va ekologik holati bo’yicha katta hududiy farqlarga ega. Binobarin, ushbu bitiruv malakaviy ishi Chust tumani Toshqo’rg’on qishlog’ining ayniqsa mustaqillikdan keyingi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik jihatlarini taxlil qilishga, tumanning boshqa qishloqlari bilan taqqoslanib xulosalar chiqarish zaruriyati tadqiqot mavzusini dolzarbligini belgilaydi.