Ushbu qo’lingizdagi ma’ruza matni o’zbek halq cholg’u asboblarining paydo bo’lishidan boshlab, to hozirgi davr musiqa cholg’ularini vujudga kelgan tarixi va taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni o’rganish va shu asosda tarixiy ma’lumotlarni yoritish, bir tizimga solish hamda umumlashtirish yo’lidagi daslabki urinishdir. Keyingi yillargacha o’zbek halq asboblari tarixi o’zlashtirilmagan muammolardan biri bo’lib kelardi. Shu munosabat bilan “O’zbek halq cholg’u asboblari tarixi” iqtisosi bo’yicha oliy va o’rta maxsus musiqa bilim yurtlari talabalari ushbu tarixdan yetarli darajada ma’lumotga ega emas edilar