Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Istiqlolga erishgandan so`ng O`zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro hujjatlardan biri “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” edi. Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman), O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi kabi faoliyati bevosita inson huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan milliy demokratik institutlar tashkil etildi.