Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda yuksak kasb mahoratiga ega bo’lgan, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar ustuvor ahamiyatga egadir. Shu maqsadda keyingi yillarda respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish, xalq xo’jaligining turli sohalarida yuksak samaradorlik bilan faoliyat ko’rsata oladigan mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda.