Ma’lumotlar tuzilmalarining muhim belgisi – uning elementlarini tartiblana olishi xossasidir. Ushbu belgiga ko’ra tuzilmalarni chiziqli va chiziqli bo’lmagan tuzilmalarga ajratish mumkin. CHiziqli tuzilmalar elementlarini xotirada o’zaro yaqin joylashishi xossasiga ko’ra ularni xotirada ketma-ket joylashgan (vektorlar, satrlar, massivlar, steklar, navbatlar) va ixtiyoriy bog’lanib taqsimlangan (bir bog’lamli, ikki bog’lamli ro’yxatlar) tuzilmalarga ajratish mumkin. Chiziqli bo’lmagan tuzilmalarga misol tariqasida ko’p bog’langan ro’yxatlar, daraxtlar,grafalarni keltirish mumkin