O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an’anaviy dars - ko`p hollarda ta’lim jarayoning birdan-bir modeli bo`lib qolmoqda. An’anaviy darsning asosiy maqsadi - dars mavzusining asosiy mazmunini, tushuncha va faktlarini o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Dars - oldin o`zlashtirilgan bilimlar bilan o`zlashtirilishi lozim bo`lgan bilimlar o`rtasida aloqa o`rnatilishidan boshlanadi. Yangi mavzuni yoritish, turli mashqlar yordamida mustahkamlash, darsga yakun yasash, xulosalash, baholash va uyga vazifa topshirish bilan yakunlanadi.