Xulosa qilib aytadigan bo’lsak video bilan ishlovchi dasturiy vositalarga Camstudio Va Windows media playerllarni misol qilib ko’rsatdik. To’g’ri ikkalasi ikki turli vazifani amalga oshiradi. Bu vositalardan Camtasia Studio dasturi o’zining interfeysi, juda ko’plab formatlari, video fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo’yilishi, darslarga menyular hosil qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayllarni ham yaratish mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib ko’rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli video darslar yozuvchi dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi.Ana shu yozilgan avi formatdagi ma’lumotlarni ochib berishda esa Windows Media Playerdan foydalaniladi.