Bozor peshtaxtalarini sifatsiz va qimmatbaho kiyim-kechaklar to`ldirib
turgan bir paytda, tikuvchilik mahsulotlarining hajmini ko`paytirish, kiyim
strukturasini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik sanoatini
jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bugungi
kunga dolzarb vazifa xisoblanadi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning tikuvchilik
korxonalarida yangi texnika va ilgor texnologiyani joriy etish, yangi kompleks
mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo`llash, yanгi materiallardan foydalanish,
shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyiм detallarining
konturlarini, baza konstruktsiyalarini unifikatsiyalash ishlarini yo`lga qo`yish talab
kilinadi.