Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarni
jadallashtirish maqsadida “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” vazifalaridan kelib
chiqqan holda jamiyat taraqqiyotidagi burilish davri har tomonlama etuk, chuqur
bilimli kadrlar tayyorlash muammosi bilan uzviy bog`liqdir. Chunki, jamiyat oldida
turgan murakkab muammolar keng dunyoqarash va o`tkir tafakkur ega bo`lgan
malakali mutaxassis kadrlar tomonidan o`z echimini topadi. Ayniqsa, fanlar
sohasidagi bilimlarni egallash alohida ahamiyatga ega.