2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
majlisida Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligiga qaramay, 2015 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va
ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo’yicha har tomonlama puxta
Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o’sishining barqaror va yuqori sur’atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi.
Nufuzli halqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy markazlar tomonidan yuqori baholanayotgan yutuqlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari
butun jahonda “o’zbek modeli” sifatida e’tirof etilib, bu tanlangan rivojlanish strategiyasining yuqori samaradorligi va muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqlagani
alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq O’zbekiston 20142015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan.